» » Vaqtni rejalashtirishning 3 siri

Vaqtni rejalashtirishning 3 siri


Texnikaning jadal sur’atlarda taraqqiy etishi hayotimizning ancha qulay va yengil kechishiga sabab bo‘lmoqda. Ilgari haftalar davomida qilishga ulgurolmagan ishni hozir daqiqalarda bajarishimiz mumkin. Shunday ekan, vaqtimizni nimaga sarflayapmiz va bugungi kunda nima sababdan bizga vaqt yetishmaydi?

Vaqtdan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin? Hamma narsani o‘z vaqtida qilishga ulgurish uchun qanday yo‘l tutish kerak?

Kunni rejalashtira olish juda muhim 

Boshida, yaxshisi qog‘ozga yozib olganingiz ma’qul. Kunni soatlarga bo‘lib chiqing. Kun davomida qiladigan ishlaringizni yaxshilab aniqlab oling. Aniq rejani tuzib bo‘lganingizdan so‘ng unga amal qilishga harakat qiling. Albatta, boshida ancha qiyin bo‘ladi, lekin vaqt o‘tishi bilan ishlaringizni reja asosida bajarishga odatlanib qolasiz.

Ishlarni keyinga surmang 

Ko‘pincha biz hozir qilinishi kerak bo‘lgan ishni ertaga yoki keyinga qoldiramiz. Lekin shuni unutmaslik lozimki, bu ishni ertami-kechmi baribir bajarishga to‘g‘ri keladi.

Hammasini o‘zingiz bajarmaslikka harakat qiling

Ba’zilar ishning sifatsiz bajarilishidan qo‘rqib boshqalarga yuklatishni ep ko‘rmaydi va hammasini o‘zlari qiladi. Natijada bu ishni o‘z vaqtida bajara olmaydi. Yordamchi sifatida olisdan turib xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislardan foydalanishingiz mumkin.

Manba: “Cluber.com”

Опубликовано: admin (14-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют