» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontrakt narxlari oshirilganiga izoh berdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontrakt narxlari oshirilganiga izoh berdi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018/2019-o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining oshirilishiga izoh berdi.

Vazirlikka ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish xarajatlarining asosiy qismini, ya’ni 91 foizini ish xaqi va stipendiya to‘lovlari tashkil etishi inobatga olinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati respublikadagi eng kam ish xaqi miqdoriga bog‘landi va unga nisbatan karra barobarida belgilandi.

Amaldagi to‘lov-kontrakt qiymatlari 2016/2017-o‘quv yili uchun belgilangan bo‘lib, 2017/2018-o‘quv yilida ushbu qiymatlar o‘zgarishsiz qoldirildi.

2018-yil 1-sentabrdan amaldagi to‘lov-kontrakt qiymatlari miqdorlari o‘rtacha 18,5 foiz yoki ta’lim yo‘nalishlariga qarab 12,3 foizdan 24,7 foizgacha oshirildi.

Yuqoridagilarga asosan yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini indeksatsiya qilishda, asosiy omil sifatida, o‘tgan o‘quv yillarida stipendiya va ish haqi miqdorlarining 2016-yil 1-oktyabrdan 15 foizga, 2017-yil 1-dekabrdan 15 foizga oshganligi lekin to‘lov-kontrakt miqdorlarining oshirilmaganligi inobatga olindi.

Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt miqdorini o‘rtacha 18,5 foizga oshirishda 2018-yil 15-iyuldan respublikada ish xaqi va stipendiya miqdorlarining 7 foizga, 2018-yil 1-sentabrdan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari oylik maoshlarini o‘rtacha 25 foizga oshirilganligini qisman qoplash lozimligi, aks holda yangi o‘quv yilining yakuniga kelib oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli xarajatlar uchun mablag‘lar yetishmovchiligi kelib chiqishi ham hisobga olindi.

Bugungi kunda bir nafar talabani o‘qitishning o‘rtacha xarajati 10,5 million so‘mni tashkil etgani holda, to‘lov-kontrakt qiymati miqdori o‘rtacha 8,7 million so‘m etib belgilanmoqda.

Talabalarga, ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishidan qat’iy nazar, har oyda stipendiya to‘lab boriladi. Hozirgi vaqtda stipendiyaning o‘rtacha oylik miqdori 466 ming so‘mni yoki yiliga 5,6 million so‘mni tashkil etadi va u o‘qitish qiymati miqdoriga to‘liq kiritiladi. Bunda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining 45-80 foizini stipendiya tashkil etadi (talaba “a’lo” bahoga o‘zlashtirsa jami 7,5 million so‘m stipendiya oladi), ya’ni talabaga o‘zi tomonidan o‘qish uchun to‘langan mablag‘ning taxminan yarmi yoki undan ko‘pi o‘quv yili davomida oylik stipendiya ko‘rinishida qaytariladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savollar, shu jumladan, o‘qish uchun to‘lov shakli, talabalar va ularning ota-onalari tomonidan ta’lim olish uchun ish xaqidan yo‘naltiriladigan mablag‘larga qo‘llaniladigan imtiyoz va yengilliklar qo‘llash tartibiga taalluqli, shuningdek, ta’lim krediti va boshqa savollarga yozma shaklda hamda davlat interaktiv xizmatlari orqali javob berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umirzoqov OTMlarda to‘lov-kontrakt narxlari oshirilganini tanqid qilgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют