» » Xalq ta’limi vaziri va uning o‘rinbosarlari biznes vakillari bilan uchrashdi

Xalq ta’limi vaziri va uning o‘rinbosarlari biznes vakillari bilan uchrashdi


Xalq ta’limi vazirligida jamoatchilik va biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, vazir o‘rinbosarlari A.Umarov, S.Boboxo‘jayev, A.Sa’dullayev, jamoatchilik va biznes vakillari Z.Hoshimov (“Korzinka.uz”), N.Oqilova (Nestle), X.Mamasaidov (“Dekos.uz”), U.Ishmuxammedov (IDP IELTS), M.Qosimov (Technoplaza) va B.Orifjonov (Paynet asoschisi) ishtirok etdi.

Uchrashuvda Xalq ta’limi vazirligi huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bugungi kunda jamoatchilik fikriga alohida e’tibor qaratilayotgani sababli, shuningdek, ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarni inobatga olgan holda Xalq ta’limi vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida jamoatchilik kengashi nizomini ishlab chiqishni boshlash va uning faoliyatidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga kelishildi. Shuningdek, Prezidentining “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining o‘z vaqtida bajarilishi va dolzarbligiga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirda ko‘pgina davlat tashkilotlarida jamoatchilik kengashi faoliyat ko‘rsatayotganini inobatga olib, vazirlik rahbariyati tomonidan respublika xalq ta’limi tizimidagi keng qamrovli vazifalar va yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etishda ortirilgan tajriba asosida samarali ish mexanizmini tashkil qilish lozimligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют