» » Xatirchi tumanidagi qishloq vrachlik punktlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yetarli sharoitlarga ega emas deb topildi

Xatirchi tumanidagi qishloq vrachlik punktlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yetarli sharoitlarga ega emas deb topildi


Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Xatirchi tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy sayti xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari 10 kun mobaynida tumandagi aholi bilan uchrashuvlar va muloqotlar o‘tkazdi, hududda aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, tumandagi ijro hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi idoralarning aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatlari bilan tanishdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining faoliyati, ularning faolligini oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

O‘rganish davomida parlament vakillari tumandagi 500 dan ortiq xonadonlarda bo‘lib, ularning yashash sharoiti, fikr-mulohaza va murojaatlarini, qator boshqaruv idoralarining faoliyatiga e’tibor qaratdi.

Sessiyada yechimini kutayotgan ayrim kamchiliklar va muammolar xususida ham so‘z yuritildi. Jumladan, aholi bandligini ta’minlash borasida ishlar yetarli emasligi, ishga olinganlik to‘g‘risidagi raqamlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi kabi holatlar mavjudligi ta’kidlandi. Deputatlar dehqon bozorlaridagi sanitariya-gigiyena holati talabga javob bermasligi, sotuvchi va xaridorlar uchun zarur sharoitlar yaratilmagani, vaqtinchalik avtoturargohlarning yo‘qligi kabi masalalar yuzasidan ham o‘z fikrlarini bildirdi.

Ta’lim muassasalarida bolalar uchun sog‘lom ovqatlanishning tashkil etilmaganligi, aksariyatida tibbiyot xonalarining mavjud emasligi, kutubxonalarda zarur adabiyotlarning yetishmasligi, laboratoriya xonalarining zamon talabiga javob bermasligi, muassasadagi issiqlik va sovutish tizimi, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham ko‘zga tashlangani ta’kidlandi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida ham so‘z bordi. Xususan, o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, qishloq vrachlik punktlari ishini tubdan qayta ko‘rish, ularni malakali tibbiy xodimlar va zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalasi doimiy e’tiborni talab etadi. “Mirzo Ulug‘bek”, “A.Navoiy” va “O‘zbekiston” QVP aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yetarli sharoitlarga ega emas.

Sessiyada deputatlar elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilishlar, markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishidagi holati fuqarolarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘layotganligini alohida ta’kidladi.

Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют