» » Buxorolik ayol erkak qiyofasida 2 oy qo‘shnisi bilan uchrashib yurdi

Buxorolik ayol erkak qiyofasida 2 oy qo‘shnisi bilan uchrashib yurdi


Buxoroda o‘zini “erkak” qiyofasiga o‘zgartirib, qo‘shnisining 10 million so‘mdan ortiqroq tilla taqinchoq va pullarini qo‘lga kiritgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

M.Adizova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Shofirkon tumani “Kalon” mahalla fuqarolar yig‘ini “Kalon” qishlog‘ida yashovchi qo‘shnisi O.Ortiqovaga “Rustam” ismli yigit uni yaxshi ko‘rib qolganligini aytib, so‘ng telefon orqali unga o‘zini “Rustam” deb tanishtirib, erkak ovozida gapirib uning ishonchiga kirgan.

Biroz vaqt o‘tgach M.Adizova yana “Rustam” rolida “menga pul kerak puling bo‘lsa berib turgin, agar puling bo‘lmasa tilla taqinchoqlaring bo‘lsa ham bergin, ularni garovga qo‘yib pul olaman, keyinchalik taqinchoqlaringni qaytarib beraman” deb aldagan hamda O.Ortiqovadan jami bahosi 8 000 000 so‘m bo‘lgan uch dona ayollar va bir dona erakaklar tilla uzuklarini, bir juft ayollar tilla ziragi va bir dona ayollar tilla zanjiri hamda 2 600 000 so‘m naqd pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

“ ‘Rustam’ ning gaplariga ishongan O.Ortiqova afsuski, o‘zining qo‘lida bo‘lgan mol-mulkini unga berib yuborgan.

Ajablanarli jihati shundaki, M.Adizova o‘zining tashqi ko‘rinishini ustalik bilan o‘zgartirib, erkak qiyofasiga kirib O.Ortiqova bilan bir necha marta uchrashgan. Buni qarangki, ikki oydan ortiqroq vaqt mobaynida uning bu qilmishlarini O.Ortiqova hamda boshqalar mutlaqo sezmagan”, — deyiladi xabarda.

Sudda M.Adizova o‘zining qilmishiga to‘la iqrorlik bildirib, haqiqatdan tashqi qiyofasini o‘zgartirib, erkak ko‘rinishida O.Ortiqova bilan bir necha marta uchrashganini hamda telefonda ham erkak ovozida gapirib, O.Ortiqovadan pul so‘raganini tan olib, suddan qonuniy yengillik berilishini so‘ragan.

M.Adizova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasining (firibgarlik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

M.Adizovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasining 1-qismi bilan oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют