» » Iyul oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 27 milliard dollarni tashkil qildi

Iyul oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 27 milliard dollarni tashkil qildi


Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot taqdim qildi, deb yozmoqda Spot.

1-iyul holatiga yalpi oltin-valyuta zaxiralari — 27,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Iyun oyida zaxira hajmi 28,1 milliard dollarga teng bo‘lgan. Iyun va iyul oylari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq 463,1 million dollarni tashkil qilgan. Ma’lum qilinishicha, bu oltin narxining pasayishi bilan bog‘liq.

Oltin narxining pasayishi hisobga olinmagan taqdirda zaxira hajmi 110,4 million dollarga teng bo‘ladi.

Yalpi zaxiralarning 13,8 milliard dollari xorijiy valyutadagi aktivlar hissasiga, yana xuddi shuncha miqdori monetar oltin hissasiga to‘g‘ri keladi.

1-iyul holatiga ko‘ra sof oltin-valyuta zaxiralari 26,6 milliard dollarni tashkil qilgan. O‘tgan 2 oy davomida sof oltin-valyuta zaxiralarining hajmi 27 milliardga teng bo‘lgan.

Sof oltin-valyuta zaxiralari hisoblanganda tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablag‘lari hisobga olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil noyabrda Markaziy bank ilk bor mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hajmini rasman e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют