» » Samarqand shahri hokimi va uning o‘rinbosarlari qo‘lga olingani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi

Samarqand shahri hokimi va uning o‘rinbosarlari qo‘lga olingani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi


Bugun, 11-iyul kuni internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri hokimi Furqat Rahimov va uning o‘rinbosarlari qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarda hokimiyat rahbariyati pora evaziga qurilish kompaniyalarining qurilish qilishiga ruxsat berayotgani aytiladi. “Daryo”ning Samarqanddagi muxbiri Farhod Norbo‘tayev olib borgan surishtiruvlariga ko‘ra, hokim va uning o‘rinbosarlari qo‘lga olingani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati ham hokim va uning o‘rinbosarlari qo‘lga olinganini rad etdi. Xabarlarda hibsga olingani aytilgan Samarqand shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bobur Elmurodov “Daryo” muxbiri bilan uchrashgan. Elmurodov o‘z ishini davom ettirmoqda va bugun ham fuqarolarni qabul qilyapti.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ham hokim va uning o‘rinbosarlari qo‘lga olingani bo‘yicha hech qanday ma’lumot kelib tushmaganini ta’kidlagan.

“Bu voqea bo‘yicha bizga hech qanday ma’lumot kelmagan. Bunga aniqlik kiritamiz, biror xabar bo‘lsa, sizga yetkazamiz. Lekin yolg‘on axborot bergan shaxslarga nisbatan ham amaldagi qonunlar bo‘yicha jazo borligini eslatib o‘ting. Bu xabarni kim qayerdan chiqardi albatta aniqlaymiz. Hozircha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning birortasi ushbu holat bo‘lganligini tasdiqlamadi”, — dedi Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati.

Samarqand shahri hokimi va uning o‘rinbosarlari qamalgani haqidagi xabarni birinchi bo‘lib chop etgan nashr ushbu yangilikni saytdan o‘chirib tashladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют