» » Andijonda 59 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

Andijonda 59 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi


Andijonda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 59 nafar shaxsga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov mamlakat farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan, ammo o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan insonlarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga davlat rahbari alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

“Bugun mendan baxtiyorroq inson yo‘q. O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindim. Ko‘nglimdagi kemtik to‘ldi. Buning uchun Prezidentimizdan behad minnatdorman”, — deydi Qirg‘iziston respublikasida tug‘ilgan, hozirda Andijon tumanida yashovchi fuqaro Mukuyma Jo‘raxonova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют