» » “Jartepa” chegara bojxona postida 4 oyda 9666 dona pornografik material ushlab qolindi

“Jartepa” chegara bojxona postida 4 oyda 9666 dona pornografik material ushlab qolindi


Joriy yilning 1-martdan shu kunga qadar “Jartepa” chegara bojxona posti orqali 4 ta holatda 340 quti tamaki mahsulotlari, 4 ta holatda 40,2 litr alkogol mahsulotlari, 29 ta holatda 9666 dona pornografik mazmundagi yoki zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni qonunga xilof ravishda olib kirilishi oldi olindi. Bu haqda Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

O‘tgan davr mobaynida ruxsat etilmagan yoki belgilangan normalardan ortiqcha tovarlarni berkitib olib o‘tish bilan bog‘liq 67 ta huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan bo‘lib, ushbu holatlar yuzasidan 206 million so‘mlik tovar-moddiy qimmatliklar ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan.

So‘nggi olti oy mobaynida jami 224 656 nafardan ortiq yo‘lovchilar, 17 114 ta avtoransport vositalari harakatlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют