» » Toshkentda Butunjahon aholishunoslik kuni nishonlandi

Toshkentda Butunjahon aholishunoslik kuni nishonlandi


11-iyul, chorshanba kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi va Aholishunoslik bo‘yicha BMT jamg‘armasi (UNFPA) Butunjahon aholishunoslik kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Butunjahon aholishunoslik kuni har yili 11-iyul kuni nishonlanadi. Ushbu an’ananing ildizi 1987-yilga borib taqaladi. O‘sha yili xalqaro hamjamiyat sayyora aholisining 5 milliardga yetganini nishonlagan.

Bu yilgi Butunjahon aholishunoslik kunining mavzusi — “Oilani shakllantirish — inson huquqidir”.

UNFPA ayollarning huquqlarini ta’minlash borasida yillar davomida Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Butunjahon aholishunoslik kuni Toshkent shahridagi Ecopark’da oilalar o‘rtasida sport musobaqasini o‘tkazish bilan yakunlandi. Musobaqalar yugurish, stol tennisi va shashka bo‘yicha o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют