» » Mehmonxonalarga “yulduzlar” yangi qoidalar bo‘yicha beriladi

Mehmonxonalarga “yulduzlar” yangi qoidalar bo‘yicha beriladi


“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan “Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi” nomli yangi standartlar ishlab chiqildi. Uning 2018-yilning avgust oyida joriy etilishi belgilangan. Bu haqda Norma xabariga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qilmoqda.

Hujjat Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Turkiya va Rossiyada qabul qilingan norma va standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Standart tutash hudud, binolar, xonalar, texnik uskunalar va jihozlar, xodimlar, xonalarning sanitariya-gigiyena holati, axborot ta’minoti, xizmatlar va jamoatchilik xonalariga talablarni belgilaydi.

Yangi standart nafaqat mehmonxonalar va motellar, balki apartotellar, apartamentlar (rezidensiyalar) kompleksi, lyuks xonalari bo‘lgan mehmonxonalar, spa-mehmonxonalar, butik-otellar va boshqa shunga o‘xshash joylashtirish vositalari tasnifini ham hisobga oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют