» » Tailanddagi bolalar qutqarib olingan g‘or yomg‘irlar mavsumida yopiladi

Tailanddagi bolalar qutqarib olingan g‘or yomg‘irlar mavsumida yopiladi


Tailanddagi mahalliy o‘smirlar futbol jamoasining 12 nafar a’zosi va ularning murabbiyi qutqarib olingan Txam Luang g‘ori butun yomg‘irlar mavsumi davomida sayyohlar uchun yopiladi. Bu haqda qutqaruv operatsiyasi shtabi rahbari Narongsak Osottxanakon ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Shtab rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yuz bergan voqeadan keyin uning boshqa takrorlanmasligi uchun barcha ishni qilish kerak. Yaqin vaqt ichida g‘orni yomg‘irlar mavsumida sayyohlar uchun yopish haqida qaror qabul qilinadi. G‘or nafaqat yomg‘irlar mavsumida, balki bir yilda 6—8 oyga yopilishi mumkin.

Wild Boars o‘smirlar futbol jamoasining 12 nafar a’zosi va ularning murabbiyi 23-iyunda yo‘qolib qolgan. Ular uzunligi yetti kilometr bo‘lgan Txam Luang g‘origa kirgan va to‘satdan yuz bergan toshqin sababli g‘or ichida qolib ketgan, suv ularning chiqish joyiga qaytishiga imkon bermagan. Qidiruv ishlari 10 kun davom etgan. Ular g‘orda tirik, biroq holdan toygan holda topilgan. Qutqaruv operatsiyasi uch kun davom etdi va 10-iyul kuni so‘nggi o‘smir va murabbiy g‘ordan chiqarib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют