» » Foto: Chingiz Aytmatovning “Sarviqomat dilbarim” qissasi asosida badiiy film suratga olinmoqda

Foto: Chingiz Aytmatovning “Sarviqomat dilbarim” qissasi asosida badiiy film suratga olinmoqda


O‘zbekistonda umumbashariy qadriyatlar kuychisi sifatida e’tirof etilgan Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini munosib nishonlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezidentning 2018-yil 2-apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buyuk adibning “Sarviqomat dilbarim” qissasi asosida suratga olinayotgan badiiy film shular jumlasidandir.

“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” tomonidan ekranlashtirilayotgan mazkur film Toshkent va Namangan viloyatlari, shuningdek, qisman Qirg‘iziston Respublikasi hududida tasvirga olinmoqda.

“‘Sarviqomat dilbarim’ men qo‘l urgan ilk jiddiy va dramatik asar, — deydi iste’dodli yosh rejissor Sarvar Karimov. — Qissa janr nuqtai nazaridan rejissordan alohida mas’uliyat talab qiladi. Chunki, bu asar ko‘p tillarga tarjima qilingan, millionlab kitobxonlar o‘qigan. Demak, zimmamizda Chingiz Aytmatov qahramonlari yashab kelayotgan muxlislar qalbida kitob va kino orasidagi tafovutni mohirona topish, klassik asarga va kitobxon e’tiqodiga zarar yetkazib qo‘ymaslik mas’uliyati turibdi. Shuningdek, ijodiy guruh M.Matchonov, B.Yo‘ldoshev, A.Rajabov, U.Qodirov singari tajribali aktyorlar bilan birga, asosan yoshlardan tarkib topgani ham mas’uliyatni ikki hissa oshiradi”.

Filmdagi bosh qahramon — Asal roliga Qirg‘iziston akademik teatri aktrisasi Madina Talipbek taklif etilgan. Shuningdek Xadicha rolini ham qirg‘iz aktrisasi Elina Abay qizi ijro etmoqda.

Filmning premyerasini 2018-yil dekabr oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют