» » Farg‘onada 21 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Farg‘onada 21 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi


Farg‘onada Prezident farmoniga muvofiq 21 kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Ularga fuqarolik pasportlarini Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga asosan viloyatning Farg‘ona, Toshloq, Quva va O‘zbekiston tumanlarida yashovchi 21 nafar fuqaroligi yo‘q shaxslarning arizalari qanoatlantirildi hamda ular mamlakat fuqaroligiga qabul qilindi.

“Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tug‘ilganman. Farg‘ona davlat universitetini bitirib, 7-umumta’lim maktabida rus tili fanidan dars beraman. Shu yurtda yashab, shu yerda turmushga chiqib, O‘zbekiston fuqarosi emas edim. Bugun uzoq yillik orzum ushalib, O‘zbekistonning teng huquqli fuqarosi bo‘ldim,” – deydi Zebo Xo‘jamqulova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют