» » O‘zbekiston Qozog‘istondan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Qozog‘istondan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston Qozog‘istondan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Ranking.kz”ga tayanib, Spot xabar berdi.

2018-yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p pul jo‘natmalari Rossiyaga yuborilgan. Bu mamlakatga Qozog‘istondan 258 million dollar jo‘natilgan. Rossiyadan Qozog‘istonga esa 147 million dollar kirib kelgan.

Keyingi o‘rinni O‘zbekiston egallagan. Bu yerga Qozog‘istondan 90 million dollar yuborilgan. O‘zbekistondan Qozog‘istonga esa 21 million dollar jo‘natilgan.

Uchinchi o‘rinda — Turkiya. Qozog‘istondan bu mamlakatga 70 million dollar pul jo‘natmalari amalga oshirilgan. Turkiyadan esa 9 barobar kamroq, ya’ni 7,2 million dollar yuborilgan.

Avvalroq, 2018-yilning yanvar-aprelida O‘zbekistonga Qozog‘istondan 58,6 million dollar pul jo‘natilgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют