» » “Vaqf” fondi iyun oyida 231 mln so‘mdan ortiq zakot va xayriya tarqatdi

“Vaqf” fondi iyun oyida 231 mln so‘mdan ortiq zakot va xayriya tarqatdi


Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi “Vaqf: xayriya mablag‘lari boshqaruviga shaffof yondashuv” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sessiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, diniy ulamolar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlaganidek, “Vaqf” xayriya jamoat fondining mablag‘lari bugungi kunda 3 qismga — Xayriya, Vaqf, Zakot (ushr, fitr va fidya) bo‘limlari bo‘lingan. Hozirgi kunda 3 ta bo‘limning ham alohida hisob raqami mavjud. Deylik, bir kishi zakot uchun fondga mablag‘ o‘tkazsa, o‘tkazilgan mablag‘ zakot bo‘limiga tushadi. Shu bilan birgalikda shariatda aytilgan o‘rinlarga sarf qilinadi. Umumiy qilib aytganda, fond faqatgina vaqf mulkidan iborat emas. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros bo‘lmaydi.

Fondga kelib tushgan mablag‘lar masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi qator ishlar uchun sarflanadi.

Fondga xayriya mablag‘larni odamlar qiyinchiliksiz o‘tkazishlari uchun elektron to‘lov tizimlari joriy etilgan. Jumladan, CLICK, Payme tizimlariga ulangan. Bu degani plastik karta orqali zakot, vaqf yoki xayriya mablag‘larini fondga o‘tkazish mumkin. Undan tashqari, O‘zbekistondagi barcha infokioskalar orqali fondga xayriya qilish imkoniyati yaratildi. Ulardan fondning istalgan bo‘limiga naqd yoki plastik karta orqali pul o‘tkazish mumkin.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi iyun oyida jami bo‘lib 231 million so‘mdan ortiq zakot va xayriya mablag‘larini shariatda ko‘rsatilgan o‘rinlarga yetkazdi. Mablag‘lar muhtoj, bemor, uysiz, qarovchisi yo‘q yoshi ulug‘larga, ko‘zi ojizlar va nogironlar jamiyatlariga naqd pul yoki plastik karta orqali berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют