» » 2018-yili O‘zbekistonda 78 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi

2018-yili O‘zbekistonda 78 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi


O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda, biroq avtobus va yuk mashinalarini ishlab chiqarish hajmi kamaygan. Bu haqda Statistika qo‘mitasiga tayanib, Spot xabar berdi.

2018-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 78 035 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘proqdir. Shuningdek, avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 22,9 foizga ortgan. 2018-yilda 59 850 ta dvigatel ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston avtobus va yuk mashinalarini ishlab chiqarishni kamaytirishda davom etmoqda. 2017-yilning yanvar-iyun oylarida 389 ta avtobus va 2067 ta yuk mashinasi, 2018-yilning mos davrida 269 ta avtobus va 1 550 ta yuk mashinasi ishlab chiqarilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yanvar-iyun oylarida mamlakat korxonalari 94,0 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. 2017-yilning mos davriga nisbatan o‘sish surati 10,7 foizni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют