» » Toshkent IIBB tomonidan yashash joyi yo‘q 55 kishiga pasport topshirildi

Toshkent IIBB tomonidan yashash joyi yo‘q 55 kishiga pasport topshirildi


Toshkent IIBB tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida biometrik pasport topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali marosimda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Badriddin Shorixsiyev va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev ishtirok etdi. Biometrik pasport muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning 55 nafariga topshirildi. Umumiy hisobda biometrik pasport olish uchun 184 kishining hujjati rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, reabilitatsiya markazida muayyan yashash joyi va pasportga ega bo‘lmagan kishilarga tegishli yordam ko‘rsatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют