» » Bugun Chempionlar ligasi: “PSJ” — “Barselona” va “Benfika” — “Borussiya Dortmund”. UzReport Parijga e’tibor qaratadi

Bugun Chempionlar ligasi: “PSJ” — “Barselona” va “Benfika” — “Borussiya Dortmund”. UzReport Parijga e’tibor qaratadi


Bugun — 14-fevral kuni Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichiga start beriladi va uning doirasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Parijda “PSJ” klubi Kataloniyaning “Barselona”sini qabul qilsa, Dortmundning “Borussiya” klubi Portugaliyada “Benfika” mehmoni bo‘ladi. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15-fevralga o‘tar kechasi 00:45 da start oladi.

Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport ikki uchrashuvdan bittasini namoyish qiladi: “PSJ” — “Barselona”. Avvalroq “Futbol-TV” kanali ish boshlasa, mana shunday parallel uchrashuvlarning har ikkisi ham jonli ko‘rsatilishi aytib o‘tilgandi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining guruh bosqichida “Barselona” “C” zonasidan joy olib, “Manchester Siti”, “Borussiya Myonxengladbax” va “Seltik” jamoalari bilan kurashda peshqadam bo‘lgandi. “PSJ” esa “A” guruhida “Arsenal”, “Bazel” va “Ludogorets” bilan to‘p surib, London klubidan keyin ikkinchi bo‘lgan.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют