» » Aleksandr Lukashenko “Belarus go‘zali”ga kolxozda ishlab ko‘rishni taklif qildi

Aleksandr Lukashenko “Belarus go‘zali”ga kolxozda ishlab ko‘rishni taklif qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Mogilevsk viloyatidagi “Rodina” kolxoziga borgan vaqtida “Miss Belarus — 2018” tanlovi g‘olibi Mariya Vasilevichga kolxozdagi agrokorxonada ishlab ko‘rishni taklif qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, Lukashenko kolxoz hududidagi muzeyga borgan vaqtida mamlakat go‘zaliga qachonlardir korxonani boshqarishga to‘g‘ri kelib qolishi ehtimoli mavjudligini aytib, xo‘jalik raisining stoliga o‘tirishni taklif qilgan.

“Mashenka, buyoqqa kel, qizim. Kel, sen ‘Kupalovsk’da qanday ko‘rinar ekansan. ‘Kupalovsk’ka borasan. Hisob-kitob qilasan. Yoki sizlarga buni o‘rgatishmaganmidi?”, — deb qiziqqan Lukashenko.

Vasilevich bu taklifni modellik shartnomasi tugashi bilan qabul qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

“Men aslida tayyorman. Ochig‘i, men ikki yillik shartnomani imzolaganman, uning muddati tugashi bilan, Aleksandr Grigoryevich hazillashmagan bo‘lsa, vazifamni ado etishga kirishaman”, — deydi Vasilevich.

Mariya Vasilevich milliy tanlov yakunlariga ko‘ra, “Miss Belarus — 2018” g‘olibi deb topilgan. U Belarus davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют