» » Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi


Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligidagi manbaga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

49 yoshli Turdimov 2016-yilning dekabr oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bungacha u 1991-yildan 1995-yilgacha “O‘zsanoatqurilishbank”ning hududiy bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, 1996-yildan 2000-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bo‘limida boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2000-yildan 2008-yilgacha esa Xatirchi tumani hokimi bo‘lgan.

2008-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Turdimov o‘sha yili Navoiy viloyat hokimi lavozimiga tayinlangandi. U Surxondaryo viloyati hokimi bo‘lguniga qadar Navoiyda faoliyat ko‘rsatgan.

Shu kungacha Samarqand viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Turobjon Jo‘rayev qaysi vazifaga o‘tgani hozircha ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют