» » Toshkent shahar IIBB YoXB Cristal supermarketidagi yong‘in bo‘yicha axborot berdi

Toshkent shahar IIBB YoXB Cristal supermarketidagi yong‘in bo‘yicha axborot berdi


Bugun 12-iyul kuni taxminan soat 13:47 da Toshkent shahar IIBB YoXBga Yunusobod tumani Yunus ota ko‘chasida joylashgan Cristal supermarketining 4-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, binoning faqat 1-qavati ishlayotgan bo‘lgan.

Voqea joyiga 5 daqiqada birinchi yordamchi kuchlar yetib keldi, jami bo‘lib 6 ta jangovar maxsus o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita yong‘in narvonlaridan foydalanildi. Soat 14:11 da yong‘in jilovlandi va soat 14:18 da butunlay bartaraf etildi. Yong‘in xavfsizligi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida olov binoning boshqa qavatlariga tarqalmadi va hech kim jarohatlanmadi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Toshkent shahar IIBB YoXB fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishni so‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют