» » Toshkentda boshpanasiz kishilarga pasport topshirildi

Toshkentda boshpanasiz kishilarga pasport topshirildi


Toshkent shahridagi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida biometrik pasport topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda IIBB matbuot markazi ma’lum qildi.

Tantanali marosimda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Badriddin Shorixsiyev va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev ishtirok etib, biometrik pasportlarni muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning 55 nafariga shaxsan topshirdi.

Mutasaddilar shu munosabat bilan fuqarolarni tabriklab, ushbu pasport bilan hayotlarini yangidan boshlashga umid bildirdi. Umumiy hisobda biometrik pasport olish uchun 184 nafar kishining hujjatlari rasmiylashtirildi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan markazda vaqtinchalik saqlanayotgan fuqarolarga doimiy ravishda yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Birinchi galda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘liqlarini va hujjatlarini tiklash, yaqinlarini topish va manzillariga yuborish chora-tadbirlari ko‘riladi. Shu bilan birga, ushbu saxovat ishiga hissa qo‘shishlari uchun muruvvatli kishilar taklif qilib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют