» » Amerikalik Semi Meyn Instagram yordamida o‘zini davoladi

Amerikalik Semi Meyn Instagram yordamida o‘zini davoladi


Nyu-Yorkning Bruklin tumani yashovchi qiz yil mobaynida Instagram’dagi akkauntida o‘zi iste’mol qilgan barcha taomlar fotosini joylashtirdi. Bu haqda Daily Mail hikoya qilmoqda.

Nashrga ko‘ra, 25 yoshli Semi Meyn ortoreksiyaga (sog‘lom taomlanish bilan haddan ortiq mashg‘ul bo‘lish) chalinganini anglab yetganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqda iste’mol qilgan har bir taomini hujjatlashtira boshladi. Kasallik avjiga chiqqanida qiz ishtahasini yo‘qotdi, vazni 30 kilogrammga tushib qoldi va ratsionidan ko‘plab “zararli” mahsulotlarni chiqarib tashladi.

Meynning mikroblogi taomnomasiga chetdan nazar tashlashga yordam berdi. U 2,5 yil davomida akkauntini muntazam yuritdi va oxirgi yili fotolarni muntazam ravishda, kuniga ikki mahal joylashtira boshladi. Bu o‘z samarasini berdi: amerikalik qiz 10—13 kilogrammga to‘lishdi.

U Instagram orqali davolanishni o‘ylab topmagani, bunday uslubni parhezshunos tavsiya etganini tan oladi. Hozir Meyn yana taomga ishonishni o‘rgandi, shu bilan birga, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga sodiq qolmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют