» » O‘zbekiston Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga a’zo bo‘ldi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro iste’molchilar tashkilotining (Consumers International, CI) London shahridagi global ofisiga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashkilot bosh direktori Amanda Long J.Sarimsoqovga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ushbu xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lganini tasdiqlovchi sertifikatni topshirdi. U federatsiyani xalqaro tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lgani bilan qutlar ekan, CI bilan federatsiyasining ikki tomonlama va mintaqaviy loyihalar doirasida hamkorligiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari tashkilotning Iste’molchilar huquqlarini targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha direktori Jastin Mak Millan hamda Strategik rivojlanish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Fillipa Xant bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar CI bilan federatsiya o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga oid masalalar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning nomzodi Consumers International boshqaruv kengashi a’zoligiga ilgari surildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют