» » “So‘g‘diyona” 6 daqiqada 3 ta, “Bunyodkor” esa 3 daqiqada 2 ta gol urib, g‘alaba qozondi, “Paxtakor” esa 1 kishi kam bo‘lib o‘ynagan AGMKni mag‘lub etdi

“So‘g‘diyona” 6 daqiqada 3 ta, “Bunyodkor” esa 3 daqiqada 2 ta gol urib, g‘alaba qozondi, “Paxtakor” esa 1 kishi kam bo‘lib o‘ynagan AGMKni mag‘lub etdi


Bugun, 12-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasida qoldirilgan 14-tur uchrashuvlari boshlandi. Kun taqvimidan 3 ta o‘yin o‘rin olgandi.

Ularning dastlabkisi Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yin taqdiri ikkinchi bo‘lim 6 daqiqasida hal etildi. Avvaliga 48-daqiqada jizzaxliklar legioneri Nikola Milinkovich hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib Sanjar Rashidov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yinga yakuniy nuqtani 54-daqiqa Shoxruz Norxonov qo‘ydi. Shu tariqa “So‘g‘diyona” 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Kunning ikkinchi uchrashuvi Toshkentda “Bunyodkor” hamda Farg‘onaning “Neftchi” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda hisob 42-daqiqada “Neftchi” tomonidan ochildi. Farg‘onaliklar hujumchisi Sherzod Hakimov qanotdan uzatilgan to‘pga akrobatik tarzda zarba berib, Murod Zuxurovni ojiz qoldirdi.

Ikkinchi bo‘limning 66 va 69-daqiqasida Javlon Ibrohimov 2 ta gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Kunning so‘nggi o‘yini hozirgina Olmaliqda yakuniga yetdi. AGMK o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qayd etish joiz, uchrashuv bosh hakami Vladislav Seytlin Muzaffar Muzaffarovga 52-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib maydondan chetlatdi. Deyarli bir bo‘lim bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan AGMK uchrashuvning 85-daqiqasiga kelib o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Gol muallifi zaxiradan maydonga tushgan Jasur Yaxshiboyev bo‘ldi.

Shu tariqa “Paxtakor” navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Pepsi Superliga

14-tur bellashuvlari

12-iyul, payshanba

Gollar: 1:0—48 Nikola Milinkovich, 2:0—54 Sanjar Rashidov, 3:0—56 Shoxruz Norxonov.

Gollar: 0:1—42 Sherzod Hakimov, 1:1—66 Javlon Ibrohimov, 2:1—69 Javlon Ibrohimov.

Gol: 0:1—85 Jasur Yaxshiboyev.

Chetlatish: Muzaffar Muzaffarov (52).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют