» » Ko‘k buloq yordamga muhtoj

Ko‘k buloq yordamga muhtoj


Toshkent viloyatidagi “Ko‘k buloq ota” ziyoratgohi ham mo‘jiza tufayli paydo bo‘lgan buloqlardan biri desak, yanglishmaymiz, deb yozadi O‘zA.

Yo‘l chetida dalalarga tutashib ketgan bu makon aslida u qadar ham ko‘zga tashlanmaydi. Biroq, uni biladiganlar va foydasini sezganlar soni ham ko‘p ekan. Yo‘qsa, buloq atrofidagi kaftdek supa va karavotlar oilaviy kelganlar bilan liq to‘la bo‘lmasdi. Achinarlisi, bu yerga keluvchilar uchun suv bo‘yidagi daraxtlar soyasida qurilgan supalar va o‘choqlardan boshqa hech qanday sharoit yo‘q. O‘tgan yilning kuzida qurilishi boshlangan ikki xonali binoni hisobga olmaganda.

“Bu buloqqa qarab turganlarning 9-avlodiman. Eng birinchi Bobokolonim Fozil avliyo bo‘lganlar. Bizga o‘tib kelayotgan shajaraga ishonadigan bo‘lsak, bobom Ali avlodlaridan hisoblanadi. O‘z davrida mana shu hududda, ya’ni Ko‘k buloq atrofida Hazrati Ali jang olib borgan ekanlar. Yovning qo‘li baland kelib, ular qamalda qolganida qarshi tarafning shoxi Alining boshi uchun yarim davlatini va qizini taklif qiladi. Shunda o‘zini Ali deb tanishtirgan Adham ismli sahobani ular o‘ldirishadi. Bu xabardan g‘azablangan Ali katta qo‘shin to‘plab, jangga kiradi va yov ustidan g‘alaba qozonadi. Shunda hozirgi To‘ytepaning o‘rnida qirq kecha kunduz to‘y beradi. Shu tariqa To‘ytepa nomi paydo bo‘lgan. Ko‘k buloq esa hazrati Alining oti jangga kirishdan oldin depsingan joy bo‘lib, yerdan qaynab chiqayotgan kichik buloq yillar o‘tishi bilan yiriklashib, hozirda 20 sotix yerni egallab turibdi”, — deya hikoya qiladi  buloq atrofini tozalab, kelib-ketayotganlarni duo qilib o‘tirgan Javlon Komiljonov.

Buloq suvi bir necha marta tekshirilganda tarkibida kumush, oltin borligi aniqlangan. Bu suv chanqoqni qondirish bilan birga, turli kasalliklarga ham davo bo‘ladi. Misol uchun, yo‘tal, teri kasalliklari, oshqozon, uyqusizlik, qabziyat, astma kabilarni davolaydi.

Yozning hozirgidek, issiq kunlarida 20—30 nafar odam kelayotgan bu buloqning atrofida hech qanday qulaylik yo‘qligi achinarli. Tadbirkorlar tabiatning in’omi bo‘lgan mana shunday buloqlar atrofini obod qilishda homiylik qilsa, buloq atrofi obodonlashtirilsa, uning tarixi bilan qiziqqan xorijlik sayyohlar soni yanada ortishi shubhasiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют