» » Namanganda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda

Namanganda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda


Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, senator Solijon Mo‘minov boshchiligidagi bir qator tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat guruh mahallalarda bo‘lib, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan bevosita muloqot asosida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda, deb yozadi O‘zA.

Guruhning navbatdagi tashrifi Namangan shahrining Chinor mahallasidagi Langar ko‘chasi 13-uyda yashovchi B. Fayzullayevlar xonadoniga bo‘ldi.

“Xonadon sohiblari har tomonlama ko‘makka, mehr-muruvvatga muhtoj, — deydi ‘Chinor’ mahalla fuqarolar yig‘ini mutaxassisi G.Abdurahimova. — Oila boshlig‘i Bahodir Fayzullayev bir necha yil avval insult tufayli xasta bo‘lib qolgan. Uning turmush o‘rtog‘i Muharramxon opa ham jigar xastaligi bilan bir yarim yildirki, to‘shakka mixlanib yotibdi. Ularning 23 yoshli o‘g‘li Bahromjon tug‘ma yurak nuqsoni dardi bilan azob chekib keladi. Oilada bir o‘g‘il — Faxriddingina ishlaydi. Yana bir jihati, uch sotixli mazkur xonadonda ikki aka-ukaning 13 kishidan iborat oilasi siqilishib yashaydi”.

S. Mo‘minov dastlab bemorlar bilan suhbatlashdi, ularning salomatligi xususida shikoyatlarini tingladi va o‘tgan davr mobaynida turli shifoxonalardan berilgan tibbiy xulosalar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng kardiolog, nevropatolog, gastroenterolog, infeksionist kabi bir qator soha mutaxassislari tomonidan bemorlarning ayni paytdagi ahvoli o‘rganildi va tegishli xulosalar berildi. Unga ko‘ra, 47-Namangan viloyati bosh tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi rahbari tomonidan bemor M.Mo‘minovaga nogironlik guruhi berilishi yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi. Navqiron yoshida yurak xastaligi bilan aziyat chekayotgan Bahromjon esa shu kunning o‘zida shifoxonaga yotqizildi va qayta chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, statsionar davolashga kirishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют