» » “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida dolzarb masalalar o‘rganilmoqda

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida dolzarb masalalar o‘rganilmoqda


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “‘Yoshlar — kelajagimiz’ Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni bu sohaga faol jalb qilish uchun va bandlikni ta’minlashda yangi istiqbollarni ochishni ko‘zlaydi, deb yozmoqda O‘zA.

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan mamlakat bo‘ylab shtab va ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yoshlar ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, ishchi guruh xodimlari yoshlarning qiziqishlari, orzu-istaklari, rejalari, mavjud muammo va kamchiliklarini chuqur o‘rganib, tahlil etmoqda. Ular uyma-uy yurib, barcha yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga ko‘maklashish, kreditlar ajratilishida amaliy yordam berish kabi muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.

Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlab, aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rayotgan shtab ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan birga ma’lumotlarni ham umumlashtirib bormoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham dastur ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Respublika ishchi guruhi a’zolari Mo‘ynoq tumanidagi yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlar issiqxona tashkil qilish, non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida biznes loyihalarini taqdim etdi. Yoshlarning 14 nafariga jami 1,825 milliard so‘mlik kredit ajratishga qaror qilindi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning tilak-istaklari hisobga olinib, Yoshlar ittifoqi tomonidan Mo‘ynoq sanoat-transport kasb-hunar kollejida joylashgan “Yoshlar markazi” uchun 10 ta tikuv mashinasi, 10 ta kompyuter va boshqa texnik jihozlar, shuningdek, kollej sport zali uchun inventarlar ajratish belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют