» » Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga keladi

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga keladi


13-fevral kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori o‘rinbosari Xong Veyni qabul qildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Xong Vey barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda OTB tomonidan O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini va infratuzilmani modernizatsiyalash hamda rivojlantirishga doir strategik dasturlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoning O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 1) ( 95) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...