» » BMW savdolarning rekord darajaga chiqqanini ma’lum qildi

BMW savdolarning rekord darajaga chiqqanini ma’lum qildi


Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi BMW kompaniyasi 2018-yilning yanvar—iyun oylarida savdoni 1,8 foizga oshirdi va 1,242 millionta avtomobil sotdi. Bu birinchi yarim yillik uchun rekord hisoblanadi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

BMW, MINI va Rolls-Royce brendlarini birlashtiruvchi avtokonsernning savdolari iyun oyida 2,7 foizga o‘sib, 238,92 mingta mashinani tashkil qilgan, bu natija ham mazkur oy uchun rekord ko‘rsatkich sanaladi.

BMW elektromobillari savdosi iyun oyida yillik hisobda 47,6 foizga o‘sgan va 13806 tani tashkil qilgan. Yil boshidan buyon kompaniya 60,66 mingta elektromobil sotgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 42,5 foizga ko‘p hisobalandi. Mazkur turdagi mashinalar savdosining oshishi BMW’ga joriy yil oxiriga borib 140 mingta elektromobil sotishga imkon bermoqda.

BMW brendining savdosi iyun oyida 200 mingtalik marradan oshib, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan to‘rt foizga ko‘proq bo‘lgan. Yil boshidan buyon brend avtomobillarining savdosi ikki foizga oshib, 1,059 million donaga yetgan. O‘sish barcha mintaqaviy bozorlarda qayd etilgan.

MINI brendi savdosi iyunda 3,8 foziga qisqarib, 37,96 mingtani tashkil qilgan, birinchi yarim yillikda esa 181,43 mingta mashina bilan 0,1 foiz o‘sish kuzatilgan.

Birinchi yarim yillikda Rolls-Royce brendi avtomobillarining savdosi 13,1 foizga o‘sgan va 1,781 mingtani tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют