» » Farg‘onada uy egasidan 2 million talab qilgan MIB xodimiga jazo tayinlandi

Farg‘onada uy egasidan 2 million talab qilgan MIB xodimiga jazo tayinlandi


Farg‘onada 3 million so‘m soxta qarzdorlikni uy egasining bo‘yniga qo‘yib, 2 million evaziga qarz to‘g‘risidagi dalolatnomalarni yo‘q qilishni taklif qilgan MIB xodimi qo‘lga olindi, deb yozmoqda O‘zA.

Maqsadjon Zokirov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar bo‘limida elektr energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish sho‘basi davlat inspektori lavozimida ishlagan. Vazifasi hududlardagi gaz, elektr kabi kommunal xizmatlardan foydalanganda yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish, ulgurji iste’molchilardan avvaldan to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlash, energiya resurslaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda tarmoqdan uzdirish, ulardan noqonuniy foydalanilganda esa dalolatnoma rasmiylashtirish va chora ko‘rishdan iborat bo‘lgan.

M.Zokirov jabrlanuvchi — qo‘qonlik A.T.ni yaxshi bilar edi. Uning xonadonidagi elektr hisoblagich shahar elektr ta’minoti korxonasidagi bazaga kiritilmaganidan ham xabardor edi. Bundan bir yil muqaddam Maqsadjon A.T.ning xonadoniga borib, 3 million qarzi borligi, pullarni unga to‘lashi kerakligini aytadi. Nazoratchi xonadonga dalolatnoma ham rasmiylashtirilganini bayon qiladi. Qarzdorlik borasida sudga hujjatlarni taqdim etish bilan A.T.ni qo‘rqitib, dalolatnoma bo‘yicha ham qarzdorlikni to‘lashni talab qildi.

A.T. Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasiga vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida boradi. Operator unga yashayotgan manzili kompyuter bazasida mavjud emasligi, xonadon uchun ham dalolatnoma rasmiylashtirilmaganligini aytadi.

Maqsadjon Zokirov va A.T. yana uchrashadi. Bu safar A.T. katta miqdordagi bu mablag‘ni to‘lay olmasligini aytadi va Maqsadjon 2 million so‘m evaziga barcha qarzdorlik va dalolatnomalarni yo‘q qilib berishini ma’lum qiladi. Yangidan plastik kartali elektron hisoblagich o‘rnatib, kompyuter bazasida ham abonent raqami ochib berishga va’da beradi. Aks holda, qarzdorlikni Majburiy ijro byurosiga o‘tkazib yuborishini aytib tahdid qiladi.

Tang ahvolda qolgan xonadon sohibi M.Zokirovning harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qildi. Maqsadjon tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

Sud M.Zokirovni 2 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilib, har oylik ish haqidan 25 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qiladi. JKning 62-moddasiga asosan, M.Zokirovning qamoqda o‘tirgan har bir kuni axloq tuzatish ishlari jazosining uch kuniga tenglashtirilgan. Jazoning 6 oy 6 kuni o‘talgan deb hisoblanib, jazo 2 yil 5 oy-u 24 kun deb belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют