» » O‘zbekistonda buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi


O‘zbekiston Prezidentning 2018-yil 12-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi va dastur ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etildi.

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi” kafedrasi tashkil etiladi, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning “nefrologiya” va “bolalar nefrologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha yangi yo‘nalishlari ochiladi.

Shuningdek, gemodializ xizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston dializ jamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasiga maxsus “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi. Unda, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ xizmatlari ko‘rsatish tizimini soddalashtirish, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligiga gemodializga muhtoj bo‘lgan bemorlar sonining yillik o‘sishini hisobga olgan holda zarur gemodializ uskunalari, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarini o‘z vaqtida xarid qilinishi uchun byudjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlash yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют