» » Xalq ta’limi vaziri xususiy maktablar mutasaddilari bilan uchrashdi

Xalq ta’limi vaziri xususiy maktablar mutasaddilari bilan uchrashdi


Xalq ta’limi vazirligida xususiy maktablar mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda xususiy maktablarni rivojlantirishdagi muammolar muhokama qilindi. Xususan, dividendlar olish imkoniyati yo‘qligi, soliq imtiyozlari mavjud emasligi, o‘quv korpuslari va binolarni ijaraga olish, attectat bera olmaslik kabi muammoli holatlarga to‘xtalib o‘tildi. O‘qituvchilarning malaka oshirish institutlarida malaka oshirishi masalasi muhokama qilindi.

Xalq ta’limi vaziri nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirishda, jumladan, davlat-xususiy hamkorligi ko‘rinishida yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Mavjud quvvatidan o‘quvchi soni kam bo‘lgan maktablarda davlat-xususiy hamkorligini yo‘lga qo‘yib, xususiy investorlar tomonidan maktabda mavjud o‘quvchilarga bepul ta’lim berish javobgarligini olishi kabi xorijiy davlatlarda mavjud tajriba qayd etildi. Shunda xususiy investor bino quvvatidan yanada samarali foydalanish uchun investitsiya kirita oladi, mazkur mikrohududdagi o‘quvchilar, ayniqsa kam ta’minlangan oila farzandlari avval imkoniyatlari yetmagan sifatli ta’limni ortiqcha xarajatlarsiz olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Vazir bunday yondashuv byudjet mablag‘larining bir qismini ozod qilib, ularni boshqa davlat ta’lim muassasalari, jumladan, chekka tumanlardagi maktablar va maktab filiallarini takomillashtirishga yo‘naltirish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, malaka oshirish markazlarini davlat-xususiy hamkorligi ko‘rinishida tashkil qilish istiqbollari muhokama qilindi. Taraflar bugungi kunda o‘quv-metodik jarayonini rivojlantirish, davlat ta’lim standartlari, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratishdagi bo‘shliqlarni alohida qayd etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi bilan xususiy maktablar vakillari o‘rtasida yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal etish va xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tayyorlanayotgan qaror loyihalariga takliflar kiritishda yaqin hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют