» » Davlat test markazi binosiga 50 dan ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatildi

Davlat test markazi binosiga 50 dan ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatildi


Joriy yilda abituriyentlar bilimini baholash jarayoniga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majit Karimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Test natijalari tekshiriladigan Davlat test markazi binosiga 50 dan ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bundan tashqari, jarayon Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan nazorat qilinadi. Binoda mobil aloqa ishlamaydi, statsionar telefon ham yo‘q. Maxsus nazorat rejimi 15-avgustdan keyin olib tashlanadi”, — deydi Majit Karimov.

Qayd etilishicha, joriy yilda 810 ming nafar abituriyent test topshiradi.

“Joriy yilda 810 ming nafar abituriyentni kutyapmiz. Har yilgi o‘sish 10—15 foizni tashkil etadi. Joriy yilda birinchi marta test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha ikki smenada o‘tkaziladi.

Birinchi smena soat 09:00 dan 12:00 gacha, ikkinchi smena soat 15:00 dan 18:00 gacha davom etadi. Abituriyentlar test sinovi boshlanishidan yarim soat avval binoda bo‘lishi kerak.

Test natijalari imtihonning ertasi kuni e’lon qilinadi. Biz natijalarni 2-avgustdan boshlab, saytimiz orqali e’lon qila boshlaymiz. Natijalarning elektron versiyasini test sinovlari o‘tkazilgan OTMlarga yuboramiz. Abituriyent test topshirgan kunning ertasigayoq to‘plagan ballari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi”, — deydi Davlat test markazi direktori.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют