» » OAV: Tramp o‘ziga ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha maslahatchi qidirmoqda

OAV: Tramp o‘ziga ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha maslahatchi qidirmoqda


Shu hafta AQSh prezidenti ma’muriyati Trampning Twitter, Facebook va Instagram’dagi postlari ustida ishlaydigan jamoani ishga oladi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bu haqda CNN telekanali Amerika ma’muriyatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Ayni paytda, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp qo‘l ostida ijtimoiy tarmoqlar bilan shug‘ullanadigan bir kishi ishlaydi, u avval Trampning Milliy golf-klubida boshqaruvchi bo‘lib ishlagan va ko‘p yillar davomida milliarderning yaqin doirasiga kirgan 40 yoshli Den Skavinodir. U davlat rahbari aytib turgan gaplarni ijtimoiy tarmoqlarda chop qiladi.

Bundan tashqari, Oq uy kommunikatsiyalar bo‘yicha yangi direktor lavozimiga ham nomzod qidirmoqda, uning majburiyatlarini ayni paytda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser bajarmoqda.

Nashr eslatishicha, sobiq prezident Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqlar bilan shug‘ullanuvchi jamoasi 20 kishidan iborat bo‘lgan. Unga Twitter’ning mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha sobiq vitse-prezidenti Jeyson Goldman rahbarlik qilgan.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют