» » O‘zbekistonda bir vaqtda bir necha OTMga hujjat topshirishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda bir vaqtda bir necha OTMga hujjat topshirishga ruxsat berilishi mumkin


O‘zbekistonning 2021-yilgacha innovatsion rivojlantirish strategik loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida bir necha oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishga ruxsat berish taklif qilingan. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Hujjatda keltirilishicha, mamlakatda ta’lim tizimining iqtisodiyot talablariga javob bermasligi muammoligicha qolmoqda.

Butunjahon banki ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda 35 foiz kompaniyalar oliy ma’lumotli mutaxassislarni topishda muammolarga duch keladi. Sanoat korxonalarida oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj 50 foizga ham qondirilmaydi.

Ish beruvchilarning aytishicha, asosiy muammo mehnat bozorida mutaxassislarning kamligi bilan bog‘liq.

Shu va boshqa muammolarni hisobga olgan holda, qonun loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir qancha oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishga ruxsat berish taklif qilingan.

Ko‘plab xorij mamlakatlarida bunday tajriba allaqachon joriy etilgan. Xususan, Rossiyada bir vaqtning o‘zida 5 ta oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish mumkin. AQShda ham xuddi shunday tartib o‘rnatilgan.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilishni kvotalar bilan cheklamaslik; oliy ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish, jumladan, xususiy oliy ta’lim muassasalarini ochishga ruxsat berish; onlayn-platformalar asosidagi masofaviy ta’limni rivojlantirish taklif qilingan. Shu tariqa ko‘p yoshlarning oliy ma’lumotli bo‘lishiga erishish ko‘zda tutilgan.

27-iyulga qadar hujjatning to‘liq matni bilan tanishish, taklif kiritish, izohlash va fikr bildirish mumkin. Hujjat taxminan 1-avgust kuni kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют