» » Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi


Bugun, 13-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Kun.uz”.

Joriy yilda mazkur nufuzli xalqaro moliya instituti rahbariyati, xususan may oyida Vashingtonda bank prezidenti Jim Yon Kim va yanvar oyida Toshkentda bosh boshqaruvchi direktor Kristalina Georgiyeva bilan o‘tkazilgan qator samarali uchrashuvlar aloqalarni faollashtirish va o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga hamda O‘zbekistonda istiqbolli loyihalar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshirishga xizmat qilgani alohida ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning Jahon banki bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi portfeli qiymati 4,4 milliard dollarlik imtiyozli moliyalashtirish jalb etilgan 39 ta amalga oshirilgan va oshirilayotgan loyihani o‘z ichiga oladi.

Ayni paytda 2020-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasida 20 dan ortiq yangi loyiha ko‘rib chiqilmoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida kelgusidagi ko‘p rejali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Investitsion loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Qishloq xo‘jaligi, fuqaro aviatsiyasi va qayta tiklanadigan energetika sohasida kelgusida ham hamkorlik qilish hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarni olg‘a surish muhim ekanligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют