» » Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar bilan uchrashuvlarida 77 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishiga kelishildi

Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar bilan uchrashuvlarida 77 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishiga kelishildi


Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Furqat, Uchko‘prik va Rishton tumanlarida “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov ham ishtirok etdi.

Furqat tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Beshariq, O‘zbekiston va Furqat tumanlaridan 225 nafar yosh qatnashdi. Uchrashuvda viloyat hokimiga murojaat etgan yoshlarning 34 nafariga tijorat banklarining imtiyozli krediti ajratilishiga kelishib olindi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 12 nafar yoshga foydalanilmay bo‘sh turgan bino-inshootlar “nol” qiymatda ijaraga beriladigan bo‘ldi. Besh nafar faol yoshga yosh oilalar uchun qurilayotgan yangi uylardan xonadonlar ajratish tavsiya etildi. 27 nafar yosh ishga joylashtirildi.

Uchko‘prik tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Uchko‘prik hamda Buvayda tumanlarining 300 nafarga yaqin yoshlari qatnashdi. Uchrashuvda viloyat hokimi ko‘magida oliy ma’lumotga ega, lekin ishsiz bo‘lgan 7 nafar yosh mutaxassis ishga joylashtirildi. 35 nafar yoshga eng kam ish haqining 150 baravari miqdorida tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini ajratish tavsiya etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqqan 20 nafar yoshga takroriy ekinlar ekish va bog‘ tashkil etish uchun 1 gektardan yer maydoni ajratiladigan bo‘ldi.

Rishton va Bag‘dod tumani yoshlari ishtirokida Rishton tumani hokimligida tashkil etilgan uchrashuv ham samarali, amaliy muloqotlarga boy tarzda o‘tdi. Uchrashuv natijasida 47 nafar yosh “Ustoz-shogirdlik” an’analari asosida tajribali hunarmandlarga biriktirildi. 280 nafar yosh shartnoma asosida fermer xo‘jaliklarida ishlaydigan bo‘ldi. 120 nafar tadbirkor rasmiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan 8 nafar yoshga 352 million 500 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют