» » “O‘zbekinvest” joriy yilning birinchi yarmida 10,2 milliard so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi

“O‘zbekinvest” joriy yilning birinchi yarmida 10,2 milliard so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi


Joriy yilning birinchi yarimda “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan qariyb 6000 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqildi. Ahamiyatlisi, ular bo‘yicha jami 10,2 milliard. so‘m sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi, deb yozmoqda O‘zA.

Ta’kidlash kerakki, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish, mijozlarning mol-mulki, sog‘lig‘iga yetgan zararlarni imkon qadar tez vaqt ichida qoplab berish mazkur kompaniyada tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Ayni maqsadda, sutka davomida ishlovchi dispetcherlik xizmati hamda Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududida sug‘urta hodisalari yuz berganda voqea joyiga yetib borib, zarur yordamni ko‘rsatuvchi assistans xizmati faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shunday qilib, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan har oyda o‘rtacha 100 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilgan. Sug‘urta qoplamalari asosan, ipoteka sug‘urtasi, transport vositalarining ixtiyoriy sug‘urtasi, mol-mulk sug‘urtasi, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha to‘langan. Sug‘urta qoplamalarining 73 foizi yoki 7,5 milliard so‘mi ixtiyoriy sug‘urta turlariga, 27 foizi yoki 2,7 milliard so‘mi esa majburiy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning faqat iyun oyida esa sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha berilgan da’vo arizalarining ko‘rib chiqilishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun 1,7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют