» » O‘zbekiston kelasi yili Xitoyga 20 ming tonna sifatli gilos yetkazib berishni ko‘zda tutmoqda

O‘zbekiston kelasi yili Xitoyga 20 ming tonna sifatli gilos yetkazib berishni ko‘zda tutmoqda


O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha koordinator vakili Dilshod Mullaboyev Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi va karantin organlari xodimlari bilan eksport yakuni va istiqbolli rejalari haqida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

4-iyun kuni O‘zbekistondagi BigAgrologistics kompaniyasi tomonidan gilos eksportini birinchi qismi Xitoy Xalq Respublikasiga Dilshod Mullaboyev boshchiligi hamda nazorati ostida yetkazib berilgan edi va XXR nazoratchilari tomonidan eksport qilingan gilosning 40 turdagi laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun namuna olingan edi.

Uchrashuv jarayonida ushbu laboratoriya javoblari ma’lum qilindi. Eksport jarayonida gilosni qayta ishlash, eksportga tayyorlash vazifalaridagi har bir bosqichni bayonnomadagi kelishuvlarga asosan to‘liq bajarilganligi to‘g‘risida yaxshi natijalar bilan baholandi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Muzokaralar jarayonida boshqa turdagi ho‘l mevalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining O‘zbekistondan Xitoyga eksporti muhokama qilindi. Shuningdek, gilos eksportiga biroz o‘zgartirishlar kiritish, jumladan, eksport qilishdan avval metilbromid gazi bilan fumigatsiyalash jarayonini o‘zgartirish taklif etildi. Metilbromid gazi bilan fumigatsiyalangan gilos bandlari tezroq qorayishi va tez kunlarda o‘z holatidan o‘zgarib borishi sababli uni sovuq qayta ishlash, ya’ni 15 kun davomida sovuqxonalarda obrabotkalash taklifi ma’qullandi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekistonning organik-biologik toza mahsulotlari hech qanday kimyoviy moddalarsiz iste’molchiga yaxshi yetib borishi ta’minlanadi. Buning uchun mutaxassislar sovuq qayta ishlash jarayonini o‘rganishi va tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan.

“Yildan-yilga AQSh gilosi qimmatga tushib bormoqda hamda sovuqxonalarda ko‘p turib qolayotganligi yo‘qotishlarni keltirmoqda. O‘zbekiston gilos yetishtirish bo‘yicha 4-o‘rinda turar ekan. Ularning biologik gilosini keyingi yil import qilish uchun O‘zbekistonga murojaat qilishimiz mumkinligini va import qilishga tayyorligimizni aytib o‘taman”, —  dedi gilosning yirik importyori bo‘lgan janob Jaoning XXR matbuotiga.

Kelasi mavsumda O‘zbekiston Xitoy Xalq Respublikasiga taxminan 20 ming tonna sifatli gilos yetkazib berishni ko‘zda tutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют