» » Rasman: “Liverpul” Jerdan Shakirini sotib oldi

Rasman: “Liverpul” Jerdan Shakirini sotib oldi


“Liverpul” klubi “Stok Siti” jamoasidan shveysariyalik Jerdan Shakirini sotib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

26 yoshli Shakiri uchun liverpulliklar “Stok Siti” g‘aznasiga 13,5 million funt sterlingni o‘tkazib berdi. Futbolchining shartnomasida aynan shuncha mablag‘ tovon puli sifatida ko‘rsatilgan edi.

Jerdan “Liverpul” safida 23-raqamda to‘p suradi. Avval bu raqamda “Yuventus”ga o‘tib ketgan Emre Jan o‘ynardi.

Ma’lumot uchun futbolchi o‘tgan mavsum APLda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Shuningdek, Shakiri JCh—2018 da Shveysariya termasi tarkibida 4 ta uchrashuv o‘tkazdi, 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют