» » Putinning yangi limuzini Finlyandiyaga olib kelindi

Putinning yangi limuzini Finlyandiyaga olib kelindi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning limuzini va kortejga kiruvchi Aurus markali barcha avtomobillari Xelsinkiga olib borildi. Mazkur shaharda Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Mashinalar Xelsinkiga “Il-76” samolyotida yetkazilgan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Zirhlangan limuzin birinchi marta Putinning inauguratsiya marosimida namoyish etilgan. Keyinchalik bu mashina bilan birga harakatlanuvchi minivenlarning suratlari ham paydo bo‘lgan.

Aurus markasidagi barcha mashinalar yagona modul platformasi asosiga qurilgan. Limuzin va oddiy sedan “Senat” nomini olgan, katta limuzin esa “Arsenal” deb nomlangan. Keyinroq “Komendant” deb ataluvchi yo‘ltanlamas paydo bo‘ladi. Shuningdek, ularning qatori motosikl va “xalq yo‘ltanlamasi” bilan to‘ldiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют