» » Johnson & Johnson kompaniyasi sepkilarining saraton keltirib chiqarish aybi bilan 4,7 milliard dollar jarima to‘ladi

Johnson & Johnson kompaniyasi sepkilarining saraton keltirib chiqarish aybi bilan 4,7 milliard dollar jarima to‘ladi


AQShning Missuri shtatida Johnson & Johnson kompaniyasi 4,7 milliard dollar miqdorida jarima to‘lashga majbur qilindi. Jazo kompaniyaning eng mashhur mahsulotlaridan biri bo‘lgan Johnson?s Baby Powder sepkisidan foydalanish saratonni keltirib chiqargani haqida ayollar tomonidan berilgan jamoaviy davo bo‘yicha belgilangan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Da’vo arizasi vafot etgan 22 nafar ayolninig nomidan berilgan. Tovon pulini ularning oilalari oladi.

Sudda da’vogarlar kompaniyaning mazkur mahsuloti saratonga sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Mahsulotning asosiy ingrediyenti bo‘lgan talk tarkibida odam sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan asbest aralashmasi bo‘lgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, asbest saratonning bir nechta turini keltirib chiqaruvchi modda hisoblanadi. Bugungi kunda u 60 dan ortiq mamlakatda taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют