» » Bir qator yirik xorijiy kompaniyalar vakillari Jizzaxga keldi

Bir qator yirik xorijiy kompaniyalar vakillari Jizzaxga keldi


Investitsiyaviy sharoitlar bilan tanishish, hamkorlik shartnomalari tuzish maqsadida bir qator yirik xorijiy kompaniyalar vakillari Jizzax viloyatiga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Buyuk Britaniya, Italiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston davlatlarining yetakchi iqtisodiy tarmoqlari va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi vakillaridan iborat ishbilarmonlar ikki kun davomida “Jadal hamkorlik” shiori ostida tashkil etilgan uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrifning birinchi kuni mehmonlar viloyat hokimi Ergash Soliyev bilan uchrashdi. Hokim mehmonlarga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, qulay geografik joylashuv va iqlim haqida ma’lumot berdi. O‘zaro hamkorlik tomonlar uchun har jihatdan samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda Buyuk Britaniyaning Sentinel Global kompaniyasi xorijiy investorlarni jalb qilishda konsalting xizmati ko‘rsatish, Italiyaning Paghera kompaniyasi istirohat bog‘lari, suv havzalari va interer dizayni, Ozarbayjonning BM Logistics kompaniyasi qishloq xo‘jaligi, logistika, qurilish va turizm, Qozog‘istonning Etihain kompaniyasi sanoat, qurilish, logistika va sug‘urta xizmatlari, ILP Group qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va logistika, Energy telekommunikatsiya xizmatlari, Antares Platinum sanoat, qurilish, neft va suvni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan takliflar bildirdi.

Uchrashuv yakunida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish va logistika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar imzolandi.

Tadbirning ikkinchi kuni viloyat markazidagi Grand Hotel Uzbekistan mehmonxonasida delegatsiya a’zolari va mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Ishchanlik muhitida o‘tgan uchrashuvda xorijda va O‘zbekistonda iqtisodiy faoliyat yuritish borasidagi qonunchilik asoslari va amaliy sharoitlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Tadbir doirasida Jizzax shahar hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Rahimov tomonidan viloyatning sayyohlik va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, Ming YuanSilu Industry, “Jizzax Kenteks” va akkumulyator zavodi faoliyati bilan tanishdi. Xorijiy mehmonlar davlat tomonidan investitsion loyihalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berdi.

Xorijlik ishbilarmonlar Jizzax shahrining diqqatga sazovor joylari, yaqinda ishga tushirilgan “Yoshlar shaharchasi”, shahar istirohat bog‘i va O‘rda ekologik bog‘i bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют