» » Toshkentda qariya BMW ostida qolib halok bo‘ldi

Toshkentda qariya BMW ostida qolib halok bo‘ldi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida BMW haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 11-iyul kuni soat 23:45 atrofida tumanning Quloqtepa ko‘chasi, 49-uy oldida sodir bo‘ldi.

Shu tumanda yashovchi 38 yoshli D.N. o‘zining BMW rusumli avtomobilida harakatlanib kelayotganda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 67 yoshli Z.X. ni payqamay qolib, katta tezlikda urib yubordi. Oqibatda og‘ir tan jarohatini olgan erkak voqea joyida halok bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchi va yo‘lovchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют