» » Fazliddin G‘oibnazarov, Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev ertaga prof ringdagi navbatdagi janglarini o‘tkazadi

Fazliddin G‘oibnazarov, Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev ertaga prof ringdagi navbatdagi janglarini o‘tkazadi


Ertaga, 15-iyul kuni tongda bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik professional bokschi AQShda navbatdagi janglarini o‘tkazadi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi. Ma’lumot uchun Fazliddin shu kungacha prof ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (2 tasida nokaut bilan). Uning raqibi esa beshta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4 tasida nokaut).

Jahon chempioni, Rio-2016 Olimpiadasi? finalchisi Shahram G‘iyosov esa meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi jang o‘tkazadi. Shahram prof ringda 2 ta jang o‘tkazib, ularning har ikkisida g‘alaba qozongan (1 tasi nokaut bilan). Meksikalik bokschi esa 24 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan (17 tasi nokaut). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchratgan (2 tasi nokaut).

Rio-2016 Olimpiadasiva jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyevga esa argentinalik Luis Fernando Molina raqiblik qiladi. Ahmadaliyev bungacha ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Molina esa 12 ta jang o‘tkazgan. Shu janglarning 7 tasida u raqiblarini mag‘lub etgan (2 tasida nokaut). 4 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgan.

Bugun har uchchala bokschi jang oldidan vazn o‘lchash marosimlarida ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют