» » Toshkentdagi kollejlarda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgani ma’lum qilindi

Toshkentdagi kollejlarda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgani ma’lum qilindi


Toshkentdagi ikki kollejda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan va ularning rahbar va o‘rinbosarlari ishdan olingan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazida o‘tkazilgan “Ta’lim muassasalari rahbar xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq qoidalariga rioya etish” mavzuidagi seminarda ma’lum qilindi, deya xabar beradi Sputnik.

Seminar yig‘ilishida Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jinoyat ishi ochilgani, Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi politexnika kasb-hunar kollejida sodir etilgan firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat tafsilotlari, mazkur holatlar bo‘yicha rahbar va o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganiga ham munosabat bildirildi.

Kasb-hunar ta’limi markazi rahbar-xodimlari, Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog xodimlari ishtirok etgan seminarda yuqorida qayd etilgan jinoyatlarning sodir etilishiga rahbar xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga nisbatan vijdonan yondashmasligi, jamoa orasida ijtimoiy sog‘lom muhit shakllantirilmaganligi sabab bo‘layotganligini qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют