» » Toza ichimlik suvi yetishmovchiligi sabab, Ukrainadagi Coca-Cola va Pepsi zavodlari yopilishi mumkin

Toza ichimlik suvi yetishmovchiligi sabab, Ukrainadagi Coca-Cola va Pepsi zavodlari yopilishi mumkin


Ukrainadagi ichimlik suvini tozalash bilan bog‘liq muammolar mamlakatda Pepsi va Coca-Cola ishlab chiqarishning to‘xtatilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Ishlab chiqarish korxonalarida xlor zaxirasi yo‘q, chunki xavfsizlik tizimi talablaridan kelib chiqib, korxonalar o‘z hududida xlok saqlashi mumkin emas. Hozirgi kunda gap bitta korxona faoliyatini to‘xtatish haqida bormoqda”, — dedi Yevropa biznes uyushmasi direktori o‘rinbosari Svetlana Mixaylovskaya.

Ichimlik suvini zararsizlantirishda ishlatiladigan suyuq xlorni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “DneprAzot” korxonasi iyun oyi o‘rtalarida mahsulot yetkazib berish va ishlab chiqarishni to‘xtatishini e’lon qilgan edi. Korxona gaz narxi ko‘tarilib ketgani bois shunday qarorga kelgan.

Ukraina kommunal xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi korxonalardagi xlok zaxirasi uzog‘i bilan 7—20 kunga yetadi, xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют