» » “Kitob olami”da ijodiy uchrashuvlar va yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazilmoqda

“Kitob olami”da ijodiy uchrashuvlar va yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazilmoqda


“Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan hafta davomida turli uchrashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga majmua axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, “Taqlid shou” guruhi yigitlari “Kitoblar — tafakkur xazinasi” mavzusida qiziqarli chiqishlar namoyish etdi.

Kitobxonlarga yozuvchi Muxtor Xudoyqulovning “1001 masal” kitobi taqdim etildi. Muallifning mingdan ortiq nasriy masali jamlangan ushbu to‘plamda mashhur yunon masalchisi Ezopga xos bo‘lgan an’analar davom ettirilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют